19:33 / 03.05.2015
1814

"Chelsi" APLda beshinchi chempionligiga erishdi

CEFmrjeWEAA-ULJ Kun.uz: 3 may kuni Londonning "Chelsi" jamoasi o‘z uyida "Kristal Pelas"ni qabul qildi va 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishib, joriy mavsumda muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. O‘yinning 45-daqiqasida "nafaqaxo‘rlar"ning yetakchisi Eden Azar mehmonlar darvozasini ishg‘ol etib, o‘yindagi g‘alabani ta'minladi. Bu g‘alaba orqali ishlangan uch ochko evaziga londonliklar o‘z ochkolari sonini 83taga yetkazib oldi va endi ta'qibchilarning birinchi o‘ringa ko‘tarila olmasligi ma'lum bo‘ldi. Shu tariqa "Chelsi" o‘z tarixidagi beshinchi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa bundan oldin 1954-55, 2004-05, 2005-06 va 2009-10 yillar mavsumida APLda zafar quchgandi. "Chelsi" – "Kristal Pelas" 1:0 Gol: 1:0 – 45 Azar. Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Villian (Zuma, 85), Matich, Kuadrado (Obi Mikel, 46), Fabregas, Azar, Drogba. Kristal Pelas – Speroni, Dileyni, Uord, Mariappa (Kelli, 60), Denn, Panchon (Sanogo, 71), Makartur, Bolazi, Match (Myurrey, 61), Zaa, Ledli. Ogohlantirishlar: Denn (23), Ivanovich (27), Terri (38), Mariappa (45). xab-
Top