Kun.uz: Eronning madaniy merosi va sayyohlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi hukumat vakili Mas'ud Sultanifar Eron hukumati Keshm orolida jahon darajasidagi avtodrom qurishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Motorsport portali xabar berdi.
Sultanifar bu orol “Formula-1” Gran-prisining yangi bosqichini o‘tkazish uchun eng chiroyli joylardan biri bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Eron avvalroq ham Tehron atrofida avtodrom qurish rejalari haqida ma'lum qilgandi.