15:44 / 03.05.2015
1893

Navoiy viloyatida 2015 yilning ilk choragida 115,6 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi

Screenshot_10 Kun.uz: Navoiy viloyatida 2015 yilning birinchi choragi mobaynida yalpi hududiy mahsulot 3,1 foizga o‘sdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov ma'lum qildi. Uning aytishicha, joriy yilning o‘tgan davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4 foiz­ga, shundan hududiy sanoat mahsulot­lari ishlab chiqarish 14,4 foizga, qish­loq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish 6,7 foizga, chakana savdo aylanmasi 16,6 foizga va xizmatlar hajmi 16,0 foizga o‘sishi ta'minlandi. “Aholi bandligini oshirish, xalqimiz turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida sezi­larli o‘zgarishlarga erishildi. Xusu­san, bunda viloyatdagi xususiy sektor­ning ulushi yaqqol sezilmoqda, ya'ni aholi bandligini ta'minlash sohasi­da 57,8 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznesning ulushi 25,8 foizga yetdi. Joriy yilning bi­rin­chi choragida tadbirkorlik sub'yekt­lari faoliyatini rivojlantirish maq­sadida amalga oshirilgan loyihalar samarasida 250 ta yangi tadbirkorlik tar­mog‘i tashkil etildi. Bu borada ti­jo­rat banklari tomonidan ajratilgan 106,4 milliard so‘m miqdoridagi kre­ditlar mablag‘lari muhim omil bo‘ldi”, – dedi viloyat rahbari. Turdimovning ta'kidlashicha, hisobot davrida viloyatda 25 tur­dagi tayyor mahsulotlar eksporti yo‘l­ga qo‘yilib, jami eksport hajmi 115,6 million dollarni, shundan hududiy eksport hajmi esa 10,6 million dol­lar­ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120 foizga udda­langan. xab-4
Top