15:32 / 03.05.2015
2151

Navoiy viloyatida 4,1mlrd dollarlik 50dan ziyod loyihalar amalga oshiriladi

bSo3v113599997573623_b Kun.uz: Navoiy viloyatida keyingi besh yil­lik­da umumiy qiymati 4,1 milliard AQSh dollari­dan ortiq bo‘lgan 50 dan ziyod investi­tsiya loyi­halari amalga oshiriladi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov ma'lum qildi. Uning aytishicha, viloyatda yaqin uch yil ichida meva-sabzavotchilik sohasida umumiy qiymati 75 milliard so‘mdan ziyod 950ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tu­til­­gan. Shuningdek, keyingi besh yil­lik­da 70 ming gektardan ortiq ekin maydon­larining meliorativ holatini yaxshi­lash maqsadida 86 milliard so‘m­dan ko‘proq mablag‘ evaziga katta hajm­dagi zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. “Umumiy qiymati 4,1 milliard AQSh dollari­dan ortiq bo‘lgan 50 dan ziyod investi­tsiya loyi­halarini amalga oshirish, xususan, quyosh panellari, telefon, plan­shet, kompyuter, noutbuk va televizor­lar, tayyor kiyimlar, kalava ip, kaustik soda, azot kislotasi, yonuvchi slanetslar kabi 25 turdagi xaridorgir mahsulot­lar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yili­shi viloyat iqtisodiy salohiyatini yan­gi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, – dedi viloyat rahbari. Uning fikricha, mamlakatimizda aholi turmush fa­ro­vonligini yanada yuksaltirish, hu­dud­lar infratuzilmasini tubdan yaxshi­lash borasida ham salmoqli ish­lar­ning istiqboliga alohida e'tibor qaratilmoqda. “2015-2019 yillarda yana 1,1 ming kilometrlik ichimlik suv tar­moq­larini barpo etish, yo‘l kommunika­tsiya sohasini rivojlantirish maqsa­dida 510 kilometr ichki yo‘llarni ham­da 290 kilometr umumfoydalanuvdagi yo‘llarni kapital va joriy ta'mirlash belgilangan. Shuningdek, mazkur yil­lar davomida aholi salomatligini muho­faza qilish, ona va bola salomat­ligini mustahkamlash maqsadida 2 ta zamo­naviy shifoxona barpo etish, 11 ta tib­biyot maskani hamda 17 ta qishloq vrach­lik punktini kapital ta'mir­lash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lam­li chora-tadbirlar belgi­langan”, – ta'kidladi E.Turdimov. xab-2
Top