17:42 / 03.05.2015
4135

O‘zbekistonda internetning milliy segmentini rivojlantirish tezlashtiriladi

itogi_2_05_2015 Kun.uz: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida tegishli tashkilotlarga milliy axborot resurslarini tezlik bilan rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni qabul qilishni tezlashtirish vazifasi qo‘yildi. “Hozirda “UZ” zonasidagi domenlar miqdori 20,4 ming donani tashkil qilmoqda, biroq yig‘ilishda internet tarmog‘ining milliy segmenti yetarlicha darajada rivojlanmayotgani ta'kidlab o‘tildi”, deyilmoqda vazirlik matbuot xizmati bergan xabarda. Shuningdek, 2015 yilning 1-choragi yakunlariga ko‘ra, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi yil boshiga nisbatan 17 foizga o‘sib, 19250 Mbit/s ni tashkil qildi. Paket kommutatsiya xalqaro markaziga ulanayotgan Internet operatorlari va provayderlari uchun narxlar 10 foizga kamaytirilib, 1 Mbit/s uchun 233,27 dollarni tashkil qilgan. O‘zbekistonda internet-OAV faol rivojlanmoqda. Ayni paytda yurtimizda OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 300 dan ortiq veb-sayt foydalanuvchilarga axborot-tahliliy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. xab-4
Top