08:31 / 03.05.2015
3094

O‘zbekistonda YPX xodimi yo‘l harakati ustidan nazoratni fuqarolik kiyimida olib borish huquqiga ega hisoblanadi

melisa_22082013 Kun.uz: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2011 yil 5 yanvar kunidagi 3-sonli buyrug‘ining 2-bandi talablariga ko‘ra, YPX xodimi yo‘l harakati ustidan nazoratni fuqarolik kiyimida olib borishi mumkin. Bu haqda YPXB shtab boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik S. A. Ravshanov so‘zlariga tayanib, «Bekajon» gazetasi xabar berdi. «Bunda YPX xodimi, albatta, ko‘krak nishon belgisini taqib olgan bo‘lishi shart. Agar YPX xodimi maxsus qidiruv guruhiga jalb qilingan bo‘lsa, xizmati davomida haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda o‘zi chora ko‘rishga yoki qoidabuzar haydovchining hujjatlarini shu yaqin atrofda xizmat o‘tayotgan xodimga chora ko‘rish uchun berishga haqli hisoblanadi», – deydi podpolkovnik. xab-1
Top