16:33 / 04.05.2015
1767

AQSh davlat kotibi Saudiya Arabistoni va Fransiyaga safar uyushtiradi

1048989464

Kun.uz: AQSh davlat kotibi Jon Kerri mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida Saudiya Arabistoni va Fransiyaga safar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Agence France-Presse agentligi AQSh davlat departamenti vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Agentlik e'lon qilgan ma'lumotlarga qaraganda, ayni kunlarda Kerri Keniyada, keyinroq u Jibutiga yo‘l oladi. Davlat kotibining ar-Riyodga tashrifi shu haftaning chorshanba kuniga mo‘ljallangan, shundan so‘ng u Parijga yo‘l oladi. AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Mari Xarfning bayonotiga ko‘ra, Jon Kerri safar doirasida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi Kengashiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, umummintaqaviy muammolar, shuningdek, xavfsizlik masalalarida muzokaralar o‘tkazadi.

Top