09:37 / 04.05.2015
1815

Misr Yamandagi harbiy missiya uzaytirilishini e'lon qildi

Mideast Egypt Kun.uz: Misr hukumati Yamandagi harbiy missiyani 3 oyga uzaytirdi. Al-Arabia telekanalining ma'lum qilishicha, mamlakat mudofaa vazirligi o‘z qarorini “Fors ko‘rfazida, Qizil dengizda va Mandob bo‘g‘ozida milliy xavfsizlikni himoya qilish”ga bo‘lgan intilish bilan tushuntirgan. Misr harbiy kuchlari Yamandagi isyonchi xusiylarga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyada ishtirok etmoqda. Aytilishicha, bu qarorga kelinishidan oldinroq Saudiya Arabistoni, Quvayt va BAA Misrga bir necha milliard dollar qarz taqdim etgan. xab-2
Top