23:33 / 04.05.2015
2304

Samarqandda noislom diniy tashkilotlar rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

019840

Kun.uz: Samarqandda 2015 yilning aprelida noislom diniy tashkilotlar rahbarlari uchun tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Samarqand, Qashqadaryo, Suxondaryo va Jizzax viloyatlari noislom diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning bajarilishi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Seminarda din vakillaridan tashqari hokimiyatlar, adliya boshqarmalari vakillari, viloyat bojxona va soliq organlari xodimlari ham ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarga din sohasidagi me'yoriy-huquqiy va qonunchilik bazasiga tegishli masalalar batafsil tushuntirib berildi. Bundan tashqari, missionerlik faoliyati va prozelitizm holatlari yo‘l berishining oldini olish, dindorlar bilan profilaktik ishlar o‘tkazish  va dinlararo va millatlararo tolerantlikni mustahkamlash umumiy ishiga hissa qo‘shish uchun tushuntirish ishlarini o‘tkazish zarurligiga e'tibor qaratildi.

Seminarda shu yil boshida ishlangan hujjatli film namoyish qilindi. Bu filmda bizning respublikamizda vujudga kelgan dinlararo tolerantlikning faktlari batafsil ochib berilgan. Diniy tashkilotlar rahbarlari bu film uchun intervyu berish davomida barcha diniy tashkilotlar vakillari orasida yuzaga kelgan do‘stona munosabatlarni ta'kidlab o‘tishdi. Ushbu film y ig‘ilganlar orasida katta qizishi uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlarni kelgusida ham tashkil etish bo‘yicha yakdil fikr bildirdilar.

Bunday seminarlar Farg‘ona vodiysida ham o‘tkazildi.

Top