16:13 / 05.05.2015
2619

ShHT bosh kotibi Hindiston va Pokistonning tashkilotga a'zo bo‘lishiga umid bildirdi

1057337737

Kun.uz: Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Dmitriy Mezentsevning RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, tashkilotni kengaytirishning huquqiy-me'yoriy bazasi shakllantirilgan, shu bois tashkilotga yangi davlatlarning, jumladan, Hindiston va Pokistonning a'zo bo‘lishi tez orada amalga oshishi mumkin. O‘tgan yili Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida prezident Vladimir Putin Rossiya tashkilotga raislik qilishi davrida unga bir qator yangi davlatlarni, jumladan, Hindiston va Pokistonni qo‘shish bo‘yicha ish olib borishini ma'lum qilgan edi. Endilikda, Mezentsevning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi huquqiy ishlar yakuniga yetgan, va yangi davlatlarni tashkilot tarkibiga qabul qilish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. “Hindiston va Pokiston bo‘yicha qaror qabul qilinishiga umid qilaman. Bu tashkilotning salohiyatini oshiradi, ShHTning mintaqadagi nufuzini kuchaytiradi hamda uning mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar yechimida faolroq ishtirok etishiga zamin yaratadi”, - ta'kidlab o‘tdi tashkilot bosh kotibi.

Top