07:25 / 06.05.2015
1098

AQSh parranda grippi xastaligi bilan kurash uchun 330 mln dollar ajratadi

AQSh hukumati parranda grippi xastaligiga qarshi kurash maqsadida 330 mln dollar ajratilishini ma'lum qildi. Bu haqda AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligiga asoslangan holda Reyter xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, bu mablag‘ning asosiy qismi kasallikdan jabr ko‘rgan fermerlarning zararini qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Biroz oldinroq, AQSh hududida parranda grippi xastaligining yangi uch ko‘rinishi tarqala boshlagani ma'lum bo‘lgandi.

Xabar qilinishicha, Ayova shtatida xastalik alomati kuzatilgan 5,3 mln tovuq xastalikning mamlakat bo‘ylab tarqalishi oldini olish maqsadida o‘ldirilgan.

Top