11:11 / 06.05.2015
2420

Microsoft kompaniyasi Skype servisi bo‘yicha sud jarayonida mag‘lub bo‘ldi

AQShning Microsoft kompaniyasi o‘ziga tegishli Skype servisining nomi yuzasidan olib borilgan sud eshituvlarida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Sky telekanali xo‘jayini Rupert Merdok bu ikki nomning (Skype va Sky) o‘zaro juda yaqinligini aytib, foydalanuvchilar xizmatni telekanal nomi bilan adashtirib yubormasliklari uchun xizmat nomini o‘zgartirishni talab qilgan edi.
Umumiy yurisdiksiyadagi Yevropa sudi ishni ko‘rib chiqib, telekanal foydasiga qaror chiqardi. Garchi sud qarori Microsoft’ni servis nomini o‘zgartirishga majbur qilmasa-da, kompaniya apellyatsiya berib, ishning qayta ko‘rib chiqilishiga erishmoqchi.

Top