13:20 / 06.05.2015
2691

O‘zbekiston hukumati o‘q otish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatgan paralimpiyachini taqdirladi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Markaziy harbiy sport klubida Jahon Kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan va yangi Jahon rekordini o‘rnatgan o‘zbekistonlik paralimpiyachi Server Ibragimovni O‘zbekiston hukumati tomonidan taqdirlash va mukofatlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari U. Ahmadjonov O‘zbekiston O‘q otish federatsiyasi raisi R. Eminjonov, Madaniyat sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, assotsiatsiya xodimlari, OAV vakillari, sportchilar, murabbiylar, hakamlar va boshqalar ishtirok etdi.

Top