16:55 / 06.05.2015
2303

Pol Pogbaning agenti "Real" bilan muzokara o‘tkazish uchun Madridga bordi

AS nashrida yozilishicha, 5 may kuni Pol Pogbaning agenti Mino Rayolani Madridda ko‘rishgan.

Nashrning hisoblashicha, u Pol Pogbaning "Real" jamoasiga o‘tishi masalasida madridliklar tomoni bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Ispaniyaga kelgan.

Gazette dello Sport nashrida yozilishicha, biroz oldinroq "PSJ"ga o‘tmoqchi emasligini ma'lum qilgan Pogbada "Real"dan tashqari "Manchester Siti" varianti ham mavjud. "Shaharlik"lar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun 100 mln yevro sarflashga tayyor.

xab-

Top