16:23 / 07.05.2015
3848

Anjyelina Joli va Bred Pitt Yangi Orleandagi dang‘illama hovlisini sotishdi

Gollivudning mashhur juftligi Bred Pitt va Anjyelina Joli Yangi Orleandagi katta hovlilarini sotishdi. Bu haqda TMZ nashri xabar bergan.

Aktyorlar bu uyni 6,5 mln dollarga sotishgan. Uyning endilikda sobiq egalari 2005 yilda bu mulkni xarid qilish uchun 3,5 mln dollar sarflashgandi. Bu uyda Bred Pitt tomonidan jihozlangan 5ta xona borligi aytilmoqda. Lekin, bu xonalarni suratga olishga ruxsat berilmagan.

Ma'lumot uchun, Bred Pitt va Anjyelina Joli bu uyni 2005 yilning avgustida Yangi Orleanga hududda ro‘y bergan "Katrina" to‘foni talofatlariga qarshi kurashish uchun kelishganida sotib olishgandi.

Top