07:12 / 07.05.2015
1926

AQSh prezidentligi uchun saylovda sobiq senator Rik Santorum ham ishtirok etishi mumkin

AQShning Pensilvaniya shtatining sobiq senatori Rik Santorum 27 mayda AQSh prezidentligi uchun saylovda ishtirok etishi haqidagi rasmiy bayonotini e'lon qiladi. Bu haqda Reuters ma'lum qilgan.

“Biz 2016 yildagi rejalarimiz haqida 27 may kunida e'lon qilamiz”, - deya yoziladi respublikachi siyosatchining rasmiy saytida.

Santorum o‘zining konservativ qarashlari bilan tanilgan. U IShIDga qarshi kurashni davom ettirishni va Amerika iqtisodiyoti raqobatbardoshliligini oshirish tarafdori hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, shu vaqtgacha Respublikachilar partiyasidan senatorlar Ted Kruz, Rend Pol, Marko Rubio, sobiq Arkanzas shtati gubernatori Mayk Xakabi, neyroxirurg Ben Karson va Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq ijrochi direktori Karli Fiorina prezident saylovida ishtirok etishini e'lon qilgan.

Top