16:33 / 07.05.2015
2226

Buyuk Britaniya elchisi Toshkent yuridik universitetida ma'ruza o‘qidi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi echlisi Jorj Edgar 5 may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Buyuk erkinliklar xartiyasi va Buyuk Britaniya konstitutsiyaviy tizimi” mavzusida ma'ruza qildi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

1215 yil 15 iyunida Angliya qiroli Ioann Yersiz va uning baronlari o‘rtasida Temza yaqinida bitim imzolangan edi. Ushbu bitim tarixga Magna Carta yoki “Buyuk erkinliklar xartiyasi” nomi bilan kirgan.

Elchi Edgar “Buyuk erkinliklar xartiyasi”ning dastlab Angliyada, so‘ng butun Buyuk Britaniyada qonun ustuvorligini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘zladi.

Ushbu hujjatda tarixda ilk bor qirol harakatlarini cheklash va uning harakatlari qonunga bo‘ysunishi kerakligi haqida g‘oyalar ilgari surilgan edi.

Top