13:09 / 07.05.2015
2308

FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 1 pog‘ona ko‘tarildi

FIFA tomonidan milliy terma jamoalar uchun navbatdagi reyting e'lon qilindi. O‘tgan oy hisoblariga ko‘ra O‘zbekiston MTJ bir pog‘ona yuqorilagan va ayni vaqtda 474 ochko bilan 72-o‘rinni egallab turibdi.
Osiyo qit'asida esa terma jamoa 6-o‘rinni saqlab qoldi. Mintaqa bo‘yicha Eron (689 ochko) terma jamoasi 40-o‘rin bilan eng yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa, Yaponiya (614 ochko) milliy terma jamoasi 50-o‘rinni band etgan.
Shuningdek Osiyo qit'asi bo‘yicha O‘zbekistondan oldingi pog‘onalarni Janubiy Koreya (57-o‘rin, 575 ochko), Avstraliya (64-o‘rin, 531 ochko) va BAA (68-o‘rin, 501 ochko) egallab turibdi.
Eng yuqori o‘nlikda esa o‘tgan oydagi holat o‘zgarmagan, birinchi o‘rin hamon Germaniya terma jamoasiga tegishli. Ikkinchi o‘rinda Argentina, uchinchi o‘rinda esa Belgiya terma jamoasi joylashgan.

1 Germaniya 1687
2 Argentina 1490
3 Belgiya 1457
4 Kolumbiya 1412
5 Braziliya 1354
6 Gollandiya 1301
7 Portugaliya 1221
8 Urugvay 1176
9 Shveytsariya 1135
10 Ispaniya 1132

Top