06:54 / 08.05.2015
1496

«Sevilya» o‘z maydonida «Fiorentina»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Yevropa ligasi musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan “Sevilya” hamda “Fiorentina” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Aleiks Vidalning ikkita va Kevin Gameyroning bitta goli yakunda “Sevilya”ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi va javob uchrashuvi oldidan katta ustunlikni taqdim etdi.

Sevilya Ispaniya – Fiorentina Italiya 3:0

Gollar: 1:0 – 17 Vidal, 2:0 – 52 Vidal, 3:0 – 75 Gameyro.
Sevilya – Riko, Vidal, Karrisu, Kolozeychak, Tremulinas, Krixovyak, Mbia (Iborra, 73), Reyyes (Koke, 58), Banega, Vitolo, Bakka (Gameyro, 75).
Fiorentina – Neto, Tomovich (Richards, 46), Rodriges, Savich, Alonso, Fernandes, Badel (Pisarro, 68), Valero, Salax, Gomes (Ilichich, 80), Sanches.
Ogohlantirishlar: Karrisu (46), Alonso (70), Valero (78), Krixovyak (83), Rodriges (90).

Top