16:34 / 08.05.2015
1863

Turkiya Nepal xalqining yarasiga malham bo‘lishga harakat qilmoqda

Turkiya davlat idoralari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari orqali 7,8 magnitudali kuchli zilzila ro‘y bergan Nepalda jabrdiyda xalqqa o‘z vaqtida tezkorlik bilan ko‘mak berishga oshiqdi. Bu haqda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar bermoqda.

Ushbu mintaqada keyingi 80 yil davomidagi eng kuchli zilzilani boshidan kechirgan Nepal xalqining yonida bo‘lishga harakat qilgan Turkiya, kidiruv-qutqaruv  ishlaridan tortib, oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyenik mahsulotlar yetkazib berish va boshqa masalalarda Nepalga yordam qo‘lini cho‘zdi.

Nepalda 7,8 ballik kuchli zilzila ruy bergan paytdan e'tiboran 24 soat ichida Nepalga yetib borgan Tabiiy ofatlarni oldini olish va favqulodda holatlar idorasi (AFAD), Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Milliy tibbiy qutkaruv guruhi (UMKE) hamda boshqa qutqaruv guruhlari Katmandu aeroportiga qo‘ngandan so‘ng darrov yo‘l bo‘yidagi vayronaga aylangan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishdi. Qutqaruv guruhlari shuningdek Katmandu shahri yaqinadagi Pukulachchi hududida faoliyatlarini davom ettirishdi.

Nepaldagi qidiruv-qutqaruv ishlarida Turkiya bosh vazir devoni huzuridagi Tabiiy ofat va favqulodda holatlar idorasi (AFAD) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Milliy tibbiy qutqaruv guruhi (UMKE) 38, Turkiya Qizil yarimoy jamiyati 4, GEA Qutqaruv-qidiruv jamiyati 15, Insonparvarlik yordam jamg‘armasi (IIH) Qutqaruv guruhi 13, “Yer yuzi doktorlari” nodavlat notijorat tashkiloti 3, Qutqaruv-qidiruv guruhlari jamiyati (AKUT) 20 va SAR Qutqaruv-qidiruv jamiyati esa 8 kishilik mutaxassislardan iborat o‘z guruhlari bilan ishtirok etishdi.

Zilziladan keyin qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini olib borgan 22 mamlakatdan biri bo‘lgan Turkiya insonparvarlik yordam ko‘rsatish ishlarini ham olib bordi. Bosh vazir devoni huzuridagi Tabiiy ofat va favqulodda holatlar idorasi (AFAD) ilk bosqichda shoshilinch yordamga muhtoj bo‘lgan Nepal xalqiga 16 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bundan tashqari Turkiya Qizil yarimoy jamiyati ham zilziladan aziyat chekkan aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida aksiya tashkillashtirib, 1000 ta ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat mahsulotlari joylashtirilgan 320 ta quti yubordi.

BMT va mahalliy idoralar tomonidan mavjud qidiruv-qutqaruv guruhlarini yetarli ekanligi va qo‘shimcha guruhlarga ehtiyoj qolmaganligi tug‘risida berilgan bayonotlardan keyin bosh vazir devoni huzuridagi Tabiiy ofat va favqulodda holatlar idorasi (AFAD) guruhlari ham o‘z faoliyatlarini tugallab, 2015 yil 2 may kuni Turkiyaga qaytib ketdilar.

Shu bilan bir qatorda zilzila ro‘y bergan mamlakatda dori-darmon va tibbiy uskunalar, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj borligi ham aytilmoqda.

Top