07:28 / 09.05.2015
1730

UYeFA "Lokomotiv", "Krasnodar" va "Rostov" jamoalarini molyaviy fair play qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortdi

Rossiyaning "Lokomotiv", "Krasnodar" va "Rostov" futbol jamoalari molyaviy fair play shartlarini buzganliklari uchun jarimaga tortildilar. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Krasnodar" 4 mln yevro (3 mln shartli), "Lokomotiv" esa 5 mln yevro (3.5 mln shartli) jarima to‘laydi. "Rostov" uchun belgilangan jarima kamroq – 200 ming yevro.
Pullar 2014/2015 mavsumidagi Yevrokuboklardagi ishtirokdan olingan daromadlardan ushlab qolinadi.
Moliyaviy shartlarga bundan buyon rioya qilingan taqdirda shartli jarimalar olib tashlanishi mumkin. Buning uchun klublar moddiy zarar ko‘rmasligi talab etiladi. “Lokomotiv” va “Krasnodar”ga buning uchun 2017/2018 yillar mavsumiga qadar muddat berilgan bo‘lsa, “Rostov” keyingi mavsumning oxirigacha daromadga kirishi kerak bo‘ladi.
UYeFA tergov palatasi 2014 yil sentabrida “Krasnodar”ga qarshi surishtiruv ishlarini boshlagandi. Joriy yilning fevral oyida esa “Lokomotiv”ning moliyaviy hisobotida ham kamchiliklar topildi.
Rossiya klublaridan tashqari, yana yettita Yevropa jamoasi jarima to‘laydi - "Monako", "Roma", "Beshiktosh", "Inter", "Sporting", TsSKA (Sofiya) va "Karabyukspor".

Top