21:14 / 11.05.2015
2406

Tomas Myuller: "Biz "Barselona"ga qarshi reja tuzmoqdamiz"

“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller jamoaning “Barselona”ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirib o‘tdi.

“O‘yin tugaganini anglatuvchi xushtak chalinmagunga qadar biz ishonchni yo‘qotmaymiz. Biz tayyormiz. Bizga xohish hamda muxlislar daldasi kerak.

Biz hali yutqazmadik. Biz reja tuzib uni amalga oshirishga harakat qilamiz. Buni qiyin bo‘lishini bilamiz, biroq o‘z imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz. Biz axir “Bavariya”miz”, - dedi forvard.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 12 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Top