05:40 / 11.05.2015
9653

Xitoylik milliarder Fransiya sayohatiga o‘zi bilan deyarli 6,5 ming xizmatchisini olib bordi

Xitoylik milliarder Li Tszinyan Parij va Fransiya janubiga ta'til uyushtirdi va bu safarga o‘zi bilan 6500 nafarga yaqin xodimini olib ketdi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Tiens Group Company kompaniyasining xo‘jayini bo‘lmish Li Tszinyan o‘z ishchilari uchun Parijda 140ta mehmonxonadagi 4760 xonani, Kann va Monako shaharlarida esa 79ta mehmonxonani barcha xonalari bilan band qildirgan.

Ma'lum qilinishicha, bu sayohat kompaniyaning 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu safar xarajatlari uchun 33 mln yevro ajratilgan.

Top