07:43 / 12.05.2015
2079

Finlyandiya Yevropa Ittifoqiga a'zo barcha davlatlarni qochqinlarni qabul qilishga chaqirdi

Finlyandiya Yevropa Ittifoqiga a'zo barcha davlatlarni qochqinlarni qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda Yle nashri xabar berdi.
“YeIning har bir davlati qochqinlarni qabul qilishi kerak”, – dedi mamlakat ichki ishlar vazirligi migratsiya masalalari departamenti direktori Yorma Vuorio.
Yevrokomissiya yaqin vaqt ichida migratsion siyosatning yangi rejasini e'lon qiladi. Xususan, unda YeI davlatlariga muhojirlar qabul qilish bo‘yicha kvotalar berilishi mumkin. Kvotaning o‘rtacha hajmi yiliga 20 ming kishini tashkil qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Top