05:38 / 12.05.2015
3236

Nepalda NASA’ning odamlarni qutqarish uchun mo‘ljallangan yangi texnologiyasi sinovdan o‘tkazildi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va NASA tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya Nepalda o‘tgan oyning oxirida yuz bergan kuchli zilziladan keyin xarobalar ostida qolgan ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishga yordam berdi.

Insonni uning yurak urishidan topa oladigan FINDER asboblari prototipi Nepalga tabiiy ofat yuz berishi bilanoq olib kelindi. Texnologiya birinchi marta dala sharoitlarida qo‘llandi. 

Qurilmaning FINDER nomi – Finding Individuals for Disaster and Emergency Response – “favqulodda vaziyatlar yoki tabiiy ofatlar vaqtida odamlarni qidirish” degan ma'noni anglatadi.

2013 yilda ishlab chiqilgan ushbu texnologiya xarobalar ostida9 metr, beton ostida6 metrva ochiq joyda30 metrchuqurlikkacha odam yurak urishini aniqlay oladigan mikroto‘lqinli radardan foydalanadi.   

Istalgan texnologiya uchun haqiqiy sinov uning real sharoitlarda qanday ishlashi hisoblanadi. Albatta, hech kim ofat yuz berishini istamaydi, biroq bunday qurilmalar odamlarga turli ofatlar yuz berganda yordam berish uchun ishlab chiqariladi.

Ma'lumot uchun, Nepaldagi zilzila 8 mingdan ko‘proq kishini hayotdan olib ketdi va yuz minglab binolarni vayronaga aylantirdi.

Top