14:05 / 12.05.2015
1923

Nepalda yuz bergan navbatdagi zilzila natijasida 300dan ortiq kishi jabrlandi

12 may kuni Nepal hududida bo‘lib o‘tgan navbatdagi zilzila tufayli kamida 300 kishi jabrlandi. Bu haqda "Sinxua" nashrining tvitteri orqali xabar qilindi.
"5 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 12 may tongida Nepalda 7,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Undan oldinroq, 6,3 magnitudali zilzila ham bo‘lib o‘tgandi.

Top