15:26 / 12.05.2015
3435

Javohir Sindarov Tailanddagi JChda chempion bo‘ldi

Tailandning Pattayya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bahslari yakunlandi. Oltita yosh toifasida o‘tkazilayotgan dunyo birinchiligida besh nafar yosh shaxmatchimiz ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.

11 yoshli shaxmatchilar bahsida Javohir Sindarov 7 turda 6 g‘alaba va bir durang qayd etish orqali eng yaxshi natijaga erishib, oltin medalga ega bo‘ldi.

Yetti yoshlilar musobaqasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Akobirxon Saydaliyev 6 ochko jamg‘arib, bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu yosh toifasida o‘ynagan yana bir o‘zbekistonlik vakil Abdulbosit Sharifjonov esa 7 ochkolik imkoniyatdan 3,5 ochko jamargan.

9 yoshlilar musobaqasida ishtirok etgan Islombek Sindarov esa 5 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa joylashdi.

13 yoshlilar guruhidagi Suhrobjon Avvalboyev esa 3,5 ochko yig‘di. 

Top