10:01 / 13.05.2015
3655

Kerri Putinni ukrainalik uchuvchini ozod qilishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ukrainalik uchuvchi ayol Nadejda Savchenkoni ozod qilishga chaqirdi. Interfaks agentligining eslatib o‘tishicha, ayol hanuzgacha Rossiya qamoqxonalaridan birida saqlanmoqda.
“Biz Nadya Savchenko singari siyosiy mahbuslar ozod qilinishini xohlar edik”, –degan Kerri Putin bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra.
Eslatib o‘tamiz, Putinning Kerri bilan Sochidagi uchrashuvi 4 soat davom etdi.

Top