11:20 / 14.05.2015
2658

Marka Rotkoning Ukraina bayrog‘iga o‘xshash surati 46 mln dollarga sotildi

Sotheby's auksion uyida Marka Rotko mo‘yqalamiga mansub “Sariq va ko‘k” nomli surati 46 mln dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Rotko balandligi 2,5 m keladigan bu suratni 1954 yilda yaratgan. Ba'zi jurnalistlarning ta'kidlashicha, surat Ukraina bayrog‘ini eslatib yuboradi. Bu surat bir paytlar filantrop va kolleksioner Reychel Mellonga tegishli bo‘lgan.

Abstraktsionizm yo‘nalishida ijod qilgan amerikalik rassom Mark Rotko 1903 yilda Rossiya imperiyasining Vitebsk guberniyasida (hozirgi Latviyaning Daugavpils shahri) dunyoga kelgan. 1913 yilda oilasi bilan AQShga immigratsiya qilgan. U tug‘ilganda uning nomi Markus Yakovlevich Rotkovich bo‘lgan.

Top