19:44 / 14.05.2015
6596

Olimlar 17 yildan beri o‘zga sayyoraliklarning signali deb qabul qilib kelgan signallar mikroto‘lqinli pechniki bo‘lib chiqdi

Avstraliyalik olimlar 17 yildan beri o‘zga sayyoraliklarning signali deb qabul qilayotgan signallar aslida mikroto‘lqinli pechning signallari bo‘lib chiqdi. Avstraliya observatoriyalaridan birining “Parks” nomli kuchli teleskopi bu signallarni ilk bor 1998 yilda qayd qilgan.

Olimlar 1998 yildan beri bu sirli axborotni qayd qilib, o‘rganib kelishgan. Ular bu signallarni Yer sayyorasi yaqinida joylashgan qandaydir obekt uzatyapti, deb taxmin qilishgan. “Parks” teleskopi 2 soniya davom etadigan bu signallarni yiliga 2 martalik davriylik bilan qabul qilib kelgan.

Observatoriyada yangi qurilma keltirilgandan keyin ko‘p yillik mehnat va uzoq yildan beri kutilgan aloqaga chiqishga umid birdaniga puchga chiqdi. Signalni tarqatayotgan sirli manba observatoriyaning oshxonasida o‘rnatilgan oddiy mikroto‘lqinli pech bo‘lib chiqdi.

Top