21:04 / 15.05.2015
3108

“Real” klubi muxlislarining yarmi Garet Beylni klubda ko‘rishni istamayapti

Marca nashri o‘tkazgan so‘ronomaga ko‘ra, “Real” muxlislarining teng yarmi klubning yarim himoyachisi Garet Beylni keyingi mavsumda jamoa tarfibida ko‘rishni istamayapti.

Oxirgi 18 ta o‘yinda futbolchi bor-yo‘g‘i 3 ta gol urgan va kam hollarda muhim o‘yinlarda jonbozlik ko‘rsatgan. Shuning uchun muxlislar Beyl klubni tark etishi kerak, deb hisoblashmoqda.

Qayd etish joizki, Krishtianu Ronaldu ham muxlislarning ishonchini yo‘qotmoqda. Muxlislarning 30 foizi Ronalduga qarshi fikr bildirishgan. Muxlislar uni “Valensiya” va “Yuventus”ga qarshi o‘yinlarda jamoani qutqara olmaganlikda aybdor deb hisoblamoqdalar.

Muxlislar Kasilyas, Arbeloa, Koentrau, Xedira va Lukas Silva ham jamoani tark etishlari uchun deyarli bir ovozdan ovoz bergan.

Top