14:54 / 15.05.2015
2100

ShHTning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha milliy nazoratchisi lavozimiga yangi xodim tayinlandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining MDH va ShHT tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Rahmatulla Nazarov Shanxay hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha milliy nazoratchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Gazeta.uz internet nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, Raxmatulla Nazarov yuqorida ko‘rsatilgan boshqarma boshlig‘i lavozimida joriy yilning aprel oyidan buyon ishlab kelayotgandi.

Top