09:57 / 04.06.2015
2135

Qirg‘izistonga o‘ng tomonli rulga ega mashinalar olib kirish taqiqlandi

4 iyundan Qirg‘izistonda ruli o‘ng tomonda joylashgan mashinalarni olib kirish va ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq kuchga kiradi. Bu haqda davlat ro‘yxatga olish xizmati xabar bermoqda.

Bu boradagi qonun 26 fevral kuni mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan imzolangan edi. Faqatgina chet elliklarga tegishli, 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga olib kiriladigan mashinalar bundan mustasno.

Bundan tashqari, taqiq kommunal va qishloq xo‘jaligi, qurilish va yo‘l ta'miri ehtiyojlariga qaratilgan mashinalar, avtokranlar, avtoburg‘ular va yana ba'zi transport vositalariga tegishli emasligi aytilmoqda.

Top