15:11 / 01.08.2015
2343

Di Mariya Pastorega "PSJ"ga o‘tishi haqida aytdi

"Manchester Yunayted" jamoasining argentinalik futbolchisi Anxel Di Mariya terma jamoadagi safdoshi hamda do‘sti Xaver Pastore bilan yozishmalarida yaqin vaqt ichida birga o‘ynashlari, ya'ni o‘zining "PSJ"ga o‘tishi haqida bildirgan. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.

Di Mariya 3 avgust kuni Parijga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelishi kutilmoqda. Shundan so‘ng transfer haqida rasman e'lon qilinishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, tomonlar bu futbolchining transferini 63 mln yevroga baholashgan.

27 yoshli futbolchining "PSJ"da oladigan maoshi yiliga 1,5 mln yevroga teng bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Di Mariya o‘tgan mavsumda "MYu" bilan APLning 27 o‘yinida maydonga tushib, 3ta gol urib, 19ta golli pas uzatgan.

Top