05:22 / 02.08.2015
2393

“Volfsburg” Germaniya Superkubogi sohibiga aylandi

“Volfsburg” futbolchilari Germaniya Superkubogi uchrashuvida Myunxenning “Bavariya” jamoasini mag‘lub etib, superkubok sohibiga aylandilar.
1 avgustda Volfsburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. 49-daqiqada Aren Robben o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning oxiri, ya'ni 89-daqiqada Niklas Bendtner muvozanatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. “Bavariya” o‘yinchisi Xabi Alonso o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi – “bo‘rilar” darvozaboni Koen Kastels zarbani qaytardi.
Shu tariqa “Volfsburg” o‘z tarixida birinchi marta ushbu nufuzli unvonni qo‘lga kiritdi.

Germaniya Superkubogi. Final
«Volfsburg» (Volfsburg) – «Bavariya» (Myunxen) – 1:1 (5:4)
Gollar: Robben, 49 (0:1); Bendtner, 89 (1:1).
Ogohlantirishlar: Gilyavogi, 35; Naldo, 71; Perishich, 77 – Kosta, 21; Vidal, 82.

Top