04:01 / 02.08.2015
1748

Daily Mail: Peres iste'foga ketishi xavfi tufayli Serxio Ramosni sotishdan bosh tortdi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres muxlislarning ommaviy tanqidi ortida iste'foga ketishi mumkinligi sababli “Real” himoyachisi Serxio Ramosni “Manchester Yunayted”ga sotishdan bosh tortganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Bundan avvalroq Peres jamoa darvozaboni Iker Kasilyasning jamoadan ketgani sababli tanqidga uchragan edi.

Mankunianliklar Ramosga soliqlardan keyin yiliga 12 mln yevro maoshlik shartnoma taklif etgandilar, biroq Ramos Madridda qolishga qaror qildi va jamoa bilan soliqlardan keyin yiliga 9-10 mln yevro maosh bilan o‘z shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi.

Top