03:16 / 02.08.2015
5466

Model Naomi Kempbell fotosuratchiga hujum qilgani uchun shartli qamoq jazosiga tortildi

Supermodel Naomi Kempbell fotosuratchiga hujum qilgani uchun 6 oylik shartli qamoq jazosiga tortildi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.

Britaniyalik model 2009 yilda Gaetano di Jovanni ismli fotosuratchini uni sobiq xushtori, milliarder Vladimir Doronin bilan suratga olgani uchun sumkasi bilan tushirgan edi. Oqibatda fotosuratchi ko‘zidan jarohat olgan.

Qayd etilishicha, Kempbell jazo hukmidan shikoyat qilmoqchi.

Modelning o‘zi sud jarayoni hali yakunlanmaganini aytib, vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq OAVlarda Naomi Kempbell fotosuratchiga tavon puli to‘lashi ma'lum qilingandi.

Top