Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu Gretsiyada orol sotib oldi, deb xabar bermoqda Move Noticias sayti.
Sayt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchi bu orolni 2 avgustda uylanayotgan o‘z agenti Jorjye Mendeshga sovg‘a sifatida xarid qilgan.
Jorjye Mendesh va Sandra Mendeshning nikoh marosimi Lissabondagi cherkovlardan birida bo‘lib o‘tdi. To‘yda shuningdek Mendeshning yana ikki mijozi – Pepe va Fabio Koentrau ham ishtirok etdi.
Mirror nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Mendesh ishtirokida o‘tkazilgan transferlarning umumiy qiymati milliard yevrodan oshadi.
Gretsiyada 6 mingga yaqin orol bo‘lib, ulardan 227 tasi egallangan. Ronaldu xarid qilgan orol Gretsiya sohillarini yuvib turuvchi dengizlardan qaysi birida joylashgani ma'lum qilinmadi.