11:10 / 03.08.2015
1854

Benteke o‘rtoqlik uchrashuvida "Liverpul" tarkibidagi ilk golini urdi

2 avgust kuni Yevropada navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda "Galatasaroy" "Inter" bilan, "Liverpul" esa quyi divizion vakili "Suindon" bilan o‘ynadi.

"Liverpul" "Suindon" klubiga qarshi o‘yinda kichik hisobda g‘alaba qozondi. Bu o‘yinda "qizillarning" yangi xaridi Benteke jamoadagi dastlabki golini urdi.

Turkiyaning "Galatasaroy" va Italiyaning "Inter" klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi taqdirini esa "Inter"ning sobiq futbolchisi Uesli Sneyderning yagona goli hal qildi.

SuindonLiverpul 1:2 (0:0, 1:2)
2 avgust, 18.00, «Kaunti Graund»
Gollar: 0:1 – 48 Benteke, 1:1 – 63 Obika, 1:2 – 87 Odjo.
Suindon – Vigouroux, Ternbull (Branko, 62), Tompson (Ekersli, 55), Bern (Uittingham, 81), Styuart (Rodjyers, 55), Kasim (Balmi, 85), Traore (Rober, 34), Ormond-Ottuill (Bropi, 80), Uilyams (Barry, 87), Obika (Kuk, 85), Xilton (Deyton, 73).
Liverpul – Bogdan (Fulton, 67), Moreno, Leyva, Sako, Ture, Arnold (Kliri, 58), Djan (Chirivelya, 76), Firmino (Kent, 68), Allen (Joau Karlush, 13), Markovich, Benteke (Odjo, 68).

GalatasaroyInter 1:0
Gol: 1:0 – 54 Sneyder.
Galatasaroy – Muslera, Balta (Gyunter, 73), Telles (Karol, 59), Shedju (Yildirim, 81), Inan (Rodriges, 72), Saryoglu (Chamdal, 59), Oztekin (Gyumyush, 59), Kysa (Cholak, 55), Sneyder (Karajan, 73), Yilmaz (Adin, 59), Podolski (Bulut, 74).
Inter – Xandanovich, Miranda, Murilo, Jyezus, Santon (Montoyya, 64), Kovachich (Ranokkiya, 64), Kondogbia (Nyukuri, 79), Ernanes (Dimarko, 79), Guarin (Brozovich, 46), Ikardi, Palasio.
Ogohlantirishlar: Podolski (45), Ernanes (68), Dimarko (90).

2 avgust kuni o‘tkazilgan boshqa o‘rtoqlik uchrashuvlari:

Everton (Angliya) – Vilyarreal (Ispaniya) – 1:2 (0:1)
Vest Xem (Angliya) – Verder (Germaniya) – 1:2 (1:2)
Sautgempton (Angliya) – Espanol (Ispaniya) – 1:1 (0:1)
Brayton (Angliya) – Sevilya (Ispaniya) – 1:0 (1:0)
Shalke-04 (Germaniya) – Tvente (Gollandiya) – 1:1 (1:0)
Osasuna (Ispaniya) – Atletik (Ispaniya) – 2:0 (1:0)
Nitstsa (Fransiya) – Napoli (Italiya) – 3:2 (2:2)

Top