11:43 / 03.08.2015
2016

Nigeriya armiyasi “Boko Harom” guruhi qo‘lidan 180ga yaqin tutqunni ozod qildi

Nigeriya armiyasi “Boko Harom” terrorchi guruhi qo‘lidagi 178 nafar tutqunni ozod qildi, deb xabar beradi Channel News Asia kanali.
Ozod qilinganlarning 100dan ortig‘i bolalar va 67 nafari ayollardir. Ular hukumat qo‘shinlari tomonidan mamlakatning shimoli-sharqidagi Mayduguri shahri yaqinida olib borilgan operatsiya chog‘ida ozod qilindi.
Bundan tashqari, guruhning komandirlaridan biri qo‘lga olingani aytilmoqda.

Top