09:29 / 03.08.2015
4236

Omskdagi kazarma qulashining sabablari aniqlandi

Rossiyaning Omsk viloyatida kazarmaning qulashi sabablari tergov jarayonida aniqlandi. “Kommersant'” gazetasining yozishicha, yarim yil muqaddam o‘tkazilgan ta'mirlash ishlari sifatli amalga oshirilmagan.
Aytilishicha, ta'mir jarayonida bino devorlariga me'yoridan ortiq og‘ir plitalar o‘rnatilgan. Bunday qaror rekonstruksiya loyihasining yo‘qligi bilan tushuntirilishi mumkin. Rekonstruksiya ishlari bilan “Remeksstroy” kompaniyasi shug‘ullangan.
Mutaxassislardan birining ta'kidlashicha, plitalar to‘g‘ri texnologiya bo‘yicha yotqizilgan, ammo 1970 yillarda qurilgan devorlar ularni ko‘tarishga eskilik qilgan.

Top