20:44 / 03.08.2015
2690

O‘zbekistonda tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha jarimalar va da'volar deyarli 2 mlrd so‘mni tashkil qildi

Joriy yilning 29 iyulida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘mitaning 2015 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinish nazoratini ta'minlash bo‘yicha faoliyati natijalariga yakun yasaldi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, hisobot davrida xo‘jalik sub'yektlarini tekshirish reja-jadvali bo‘yicha 432 ta xo‘jalik sub'yekti faoliyati tekshirildi. Atrof-muhit ifloslanishining 151,5 mingta manbasi asboblar yordamida tekshirildi va atrof-muhitga chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning belgilangan me'yorlaridan oshib ketgan 8,2 mingtadan ko‘proq ifloslanish manbasi aniqlandi. Shu munosabat bilan javob choralari ko‘rildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat nazorati natijalariga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun 11,3 ming nafar rahbar shaxs va fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘mita inspektorlari tomonidan atrof-muhitga zarar yetkazish bo‘yicha 1998,3 mln so‘mlik jarimalar va zararni qoplash da'volari solindi, 1804,3 mln so‘m miqdorida jarima va tavon puli undirildi. Tekshirishlar davomida brakonerlardan 318 ta miltiq va 1128 to‘r materiallari musodara qilindi.

Top