18:28 / 03.08.2015
3335

Pskov viloyati chempionati o‘yinida hakam futbolchilardan elektroshoker orqali himoyalandi

Rossiyaning Pskov viloyati chempionati doirasidagi Porxovning «Shelon» va Gdovaning «Chayka» klublari uchrashuvi paytida bosh hakam o‘zini himoya qilish uchun tok uruvchi elektroshoker xizmatidan foydalangan.

O‘yindagi hisob 2:2 bo‘lib turgan vaziyatda hakamning tortishuvli qarori uchun maydonda jang boshlanib ketgan. Natijada arbitr futbolchilardan o‘zini himoya qilish uchun elektroshoker xizmatidan foydalangan. Biroq boshiga orqa tomondan berilgan kuchli zarba natijasida hushini yo‘qotgan.

«Qabul qiluvchi tomon tadbirning xavfsiz o‘tishini ta'minlashi zarur. Reglamentda bo‘lishiga qaramay, uchrashuv paytida hech qanday politsiya xodimlari bo‘lishmagan. Tez orada ikkala jamoa uchun qarorlar qabul qilinadi. Katta ehtimol bilan ikkala jamoa ham quyi ligaga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin», deydi Pskov viloyati futbol federatsiyasi rahbari Aleksey Sevastyanov.

Rahbarning so‘zariga ko‘ra, hakam hozirda o‘ziga kelgan va hech qanday yuqori asoratdagi jarohatni olmagan. Biroq hamon u shifoxonada qolmoqda.

Top