23:43 / 03.08.2015
8914

Rayhon Ulasenova: san'at yo‘lini sovchilar tufayli tanlaganman

Teatr va kino aktrisasi, “Aldangan ayol” filmidagi roli orqali tanilgan Rayhon Ulasenova “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida san'at yo‘lini sovchilar tufayli tanlaganini aytib o‘tdi.
“Hech qachon san'at yo‘lidan ketmayman, tarjimon bo‘laman, derdim. Keyinchalik... baribir, qon tortdi: San'at institutiga o‘qishga kirdim”, – dedi u suhbat chog‘ida.
“Hujjatlarimni bugun topshiraman deb turganimda, uyimizga sovchilar kelgan, lekin kirmay ketishgan, – so‘zida davom etadi san'atkor. – Bu yerda artistlar yasharkan, deb fikridan qaytishgan. Balki, ularda san'atkorlarga nisbatan noto‘g‘ri fikr
shakllangandir, bilmadim. Buni eshitib jahlim chiqib, shu qilganlaringga zo‘r aktrisa bo‘laman, hali afsus qilasizlar, deb o‘zimcha ahd qilganman. Ikkinchi kursda o‘qib yurganimda Yolqin To‘ychiyev filmiga taklif qilgan. Hamma sinovga o‘zi borsa, meni
majburlab olib borishgan. Sinovni ham chala-chulpa, istamaygina topshirganman. Chunki men san'atkor bo‘lish niyatida emas, boshqalarga jahl qilib shu institutga kelganman”.

Top