02:06 / 03.08.2015
2764

Toshkentda Xitoydan keltirilgan 200 ming soxta aksiz markasi ushlab qolindi

Toshkentda Xitoydan keltirilgan 200 ming soxta aksiz markasi ushlab qolindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Toshkent shahar prokuraturasi bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Dilshod Bahromovning bergan ma'lumotiga qaraganda, fuqaro Asrorxo‘ja Bo‘ronxo‘jayev Xitoyning Urumchi shahrida 200 ming dona soxta aksiz markasi tayyorlatib, O‘zbekistonga olib kirgan.
U aksiz markalarini 42 mln so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan. Sodir etgan jinoyati uchun u 6 yilga qamaldi.

Top