18:13 / 04.08.2015
3528

Gaydar xonim Ukraina fuqaroligini oldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko rossiyalik muxolif siyosatchi Mariya Gaydarga Ukraina fuqaroligini berdi. Bu haqda prezident sayti orqali axborot tarqatildi.
U bilan birga fuqarolikni Forbes-Ukraina jurnali bosh muharriri, Rossiya fuqarosi Vladimir Fedorin ham oldi.
Shu bilan birga, Poroshenko bu ikkisi Rossiya bilan aloqani uzmasliklari kerakligini ta'kidladi.
“Sizning xolis pozitsiyaning, Ukrainadan bildirilayotgan munosabatingiz va axborotingiz Kreml targ‘ibotiga muqobil sifatida millionlab rossiyaliklar uchun muhimdir”, – dedi u.
“Exo Moskvi” radiosida boshlovchilik qilib kelgan Mariya Gaydar Odessa hokimi Mixail Saakashvili tomonidan o‘rinbosarlik lavozimini egallash uchun taklif qilingan edi.

Top