07:51 / 04.08.2015
3466

Hirot va Faryobda 26 nafar tolibon halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolida "Tolibon" jangarilari o‘rtasida boshlangan o‘zaro nizolar davomida 26 nafar tolibon askari yo‘q qilindi.

Afg‘oniston armiyasi mayori Rizo Rizoga asoslanib, Pajhwok Afghan News nashrining ma'lum qilishicha, Faryob viloyatining Kaysar okrugida ichki nizolar tufayli 11 nafar jangari o‘ldirilgan.

2 avgust kuni xuddi shu hududda mamlakat xavfsizlik kuchlari vakillarini portlatishni rejalashtirgan 6 kishidan iborat guruhning o‘zi portlab ketgan.

Shuningdek, 3 avgust kuni Hirot viloyatida mulla Umarning o‘rniga tayinlanishidan norozi guruh bilan ro‘y bergan otishma natijasida yana 9 tolibon halok bo‘lgan.

Top