17:59 / 04.08.2015
2138

"Marsel" jamoasi fanatlari Fransiya futbol ligasini sudga bermoqchi

"Marsel" jamoasining ashaddiy fanatlaridan tarkib topgan "Yanki" nomli guruh Fransiya professional futbol ligasini (LFP) sudga bermoqchi. Bu haqda Le Figaro nashrida yozilgan.

Muxlislar tashkilot tomonidan "Velodrom" o‘yingohidagi tribunalar yangi mavsumning 2 o‘yini uchun yopib qo‘yilganidan g‘azabnok bo‘lishmoqda. Liga o‘tgan mavsumda jamoaning "Bastiya"ga qarshi o‘yini vaqtida mezbon muxlislar o‘zlarini o‘ta yomon tutgani uchun shunday qaror qabul qilgan.

"LFP jamoamiz ikki o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazishi haqida qaror chiqardi. 4 ming kishi 4 ahmoqning qilmishi uchun javob berishi kerakmi? Biz bu qaror bekor qilinishi uchun sudga boramiz va bu jarayonda g‘olib chiqish uchun barcha vositalarni ishga solamiz", deb ma'lum qildi guruh vakillaridan biri.

Top