09:33 / 04.08.2015
1606

"Roma" Jyekoni transfer qilish borasida "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi

"Roma" va "Manchester Siti" jamoalari bosniyalik 29 yoshli hujumchi Edin Jyekoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Xabar qilinishicha, Jyeko 23 mln yevro evaziga Italiya jamoasiga o‘tadi. Bu hujumchi rimliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan.

U "Roma" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 4,5 mln yevro maosh olishi aytilgan.

Top