19:08 / 04.08.2015
7132

Toshkentda 2ta yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Toshkent shahrida 2ta yangi avtobus yo‘nalishi ochildi va bittasining harakatlanish masofasi qisqardi.

Biroz oldinroq, “Toshshahartransxizmat” AK joriy yilning 1 avgustidan e'tiboran Qo‘yliq markazidan TTZgacha bo‘lgan yo‘nalishda qatnovchi 13 tramvayning “Toshkent” vokzalidan TTZgacha bo‘lgan qismini qisqartirilayotganini ma'lum qilgandi.

Yo‘lovchilarning talabini qondirish maqsadida qisqartirilayotgan yo‘nalish qismiga transport xizmati ko‘rsatish maqsadida yangi 14-sonli “TTZ – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi tashkil qilingan. Yo‘nalishda “Mercedes- Benz Low Floor” rusumli 12 ta avtobus 7-8 minutli interval bilan harakatlanib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

"Gazeta.uz" nashrining ma'lum qilishicha, 1 avgust kunidan boshlab "Toshkent" vokzali va Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litsey o‘rtasida yangi 137 yo‘nalishdagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu vaqtgacha Yugnakiy massivi va TsUM oralig‘ida qatnagan 1 yo‘nalishdagi avtobusning harakatlanish masofasi qisqartirilib, Yugnakiy massividan "Mashinasozlar" metro bekatigacha qatnaydigan bo‘lgan.

Biroz oldinroq, 96 raqamli avtobuslar yo‘nalishi («Yunusobod-9 — Istiklol» ko‘chasi) o‘zgargani haqida tarqalgan ma'lumot tasdig‘ini topmadi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidagi 13 tramvay yo‘lida olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli bir qancha avtobuslar o‘z yo‘nalishlarini vaqtinchalik o‘zgartirishgan.

Top